Putindan tug‘ilgan kun sovg‘asi: Qodirovning harbiy unvoni oshirildi

Olam

image

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov general-polkovnik unvonini oldi. Bu haqda u Telegram kanalida e’lon qildi.

Uning tushuntirishicha, unga yangi unvon haqida Rossiya Prezidenti aytgan. Bu Qodirovning Ukrainadagi urush boshlanganidan beri olgan ikkinchi unvonidir, mart oyi oxirida u general-leytenant bo‘lgandi.

“Rossiya Prezidenti menga general-polkovnik unvonini berdi. Farmon 709-son bilan qabul qilindi. Vladimir Vladimirovich bu haqda menga shaxsan aytdi va tabrikladi”, degan Checheniston rahbari.

U Putinga minnatdorlik bildirdi va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashga va’da bergan.

Ma’lumot uchun, 5 oktyabr kuni Qodirov tug‘ilgan kunini nishonlayapti. U 46 yoshni qarshiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ramzan Qodirov

Baholaganlar

627

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing