Putindan intervyu olgan jurnalist Zelenskiy bilan ham suhbatlashayotganini e’lon qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda jurnalist X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi. Karlson intervyu tez orada e’lon qilinishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Biz ikki yil davomida, ayniqsa fevral oyida Putin bilan bo‘lgan suhbatdan keyin qizg‘in harakat qildik. Gap amerikaliklarga o‘z mamlakatining dunyodagi pozitsiyasini butunlay o‘zgartirayotgan mojaro haqida kerakli ma’lumotlarni yetkazishda”, deb yozgan Karlson.

Eslatib o‘tamiz, 9 fevral kuni Taker Karlson Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan 2 soatu 7 daqiqa davom etgan intervyusini chop etgandi. Suhbat Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar, Ukrainadagi mojaro, shuningdek, Rossiya tomoni va NATO o‘rtasidagi aloqalarga bag‘ishlandi. Jurnalistning tushuntirishicha, u Rossiya Prezidenti bilan gaplashishga qaror qilgan, chunki amerikaliklar Rossiya va Ukrainada nimalar bo‘layotganidan bexabar. Keyinroq Taker Karlson Vladimir Zelenskiy intervyu olish uchun “ko‘plab so‘rovlarni” rad etganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Taker Karlson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing