Putindan Baydengacha. Mustaqillik kuni bilan Mirziyoyevni kimlar tabrikladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabriklar kelmoqda.

Tabriknomalarda O‘zbekistonning jahon maydonidagi o‘rni va nufuzi ortib borayotgani alohida ta’kidlangan, shuningdek, Prezidentga yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, AQSH Prezidenti Jozef Bayden, Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron, Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu, Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari tabrik yo‘llagan. 

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentiga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy ham tabriknomalar yuborgan.

Bundan tashqari, qutlov yo‘llaganlar orasida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri va Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Mansur bin Zoid Ol Nahayon, Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Qatar Davlati Amiri o‘rinbosari Abdulla bin Hamad Ol Soniy, O‘mon Sultoni Heysam bin Tariq, Vengriya Prezidenti Katalin Novak, Yaponiya Imperatori Naruxito, Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo, Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub, Belgiyaliklar Qiroli Filipp, Ruminiya Prezidenti Klaus Verner Yoxannis, Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar, Chexiya Respublikasi Prezidenti Petr Pavel, Falastidan Davlati Prezidenti Mahmud Abbos, Shveysariya Konfederatsiyasi Federal Prezidenti Alan Berse, Estoniya Respublikasi Prezidenti Alar Karis, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min,Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibroxim Toha, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriylar ham bor.

O‘z navbatida, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ham Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati nomidan O‘zbekiston xalqini mustaqillik kuni bilan tabriklagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made