Putin jinoyatchilarni armiyaga olishga ruxsat berdi
Olam
−
12:56 3690 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar bilan Mudofaa vazirligi o‘rtasida shartnoma tuzishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda “RuNews24” xabar berdi.
Rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilingan qonunga muvofiq, endi ayrim og‘irroq jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar ham Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzishi mumkin. Yangi ro‘yxatga naqd pul kontrabandasi, jinoiy to‘da yoki uyushgan jinoiy hamjamiyatda ishtirok etish, qo‘riqlanadigan ob’ektlarga noqonuniy kirish kabi jinoyatlar kiritilgan.
Shuningdek, terrorizmga qarshi muhofaza qoidalarini buzish, strategik tovarlar va madaniy boyliklar kontrabandasi, giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi hamda Qizil kitobga kiritilgan noyob hayvon va o‘simliklar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlanganlar ham shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Putin shu bilan birga Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartishlarni ham imzolagan. Ularga ko‘ra, ushbu toifadagi mahkumlar harbiy xizmatni o‘tash sharti bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mexanizmi yangilangan. Qonun o‘zgarishlari armiya safiga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasini kengaytirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning kamida 24 hududidagi 70 dan ortiq ta’lim muassasasida talabalarni Ukrainadagi urushga jalb qilish ishlari olib borilayotgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi