Putin Zelenskiy va Ruhoniyga ta’ziya bildirdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga maktub yo‘llab, Tehron yaqinida Ukraina yo‘lovchi samolyotining halokati fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda rasmiy Moskva xabar bermoqda. 

Rossiya rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari hamdardligini yo‘llagan. 

Jumladan Vladimir Putin Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga ham ta’ziya maktubini yo‘llagan. 

“Rossiyada xalqi yaqinlarini yo‘qotganlarning qayg‘usiga sherik va ularga sabr va jasorat tilaydilar", deb ta’kidlaydi Rossiya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 8 yanvar kuni Eronda Tehron xalqaro aeroportidan uchgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi.

Aviahalokat natijasida samolyotda bo‘lganlarning barchasi qurbon bo‘ldi.
 
Tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda halokatga uchragan samolyotda:

-    Eron fuqarolari - 71 nafar
-    Kanada fuqarolari -73
-    Germaniya fuqarolari – 4
-    Buyuk Britaniya fuqarolari – 3
-    Shvetsiya fuqarolari – 8
-    Afg‘oniston fuqarolari - 6

-    2 nafar yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zolari Ukraina fuqarolari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hasan Ruhoniy Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy Eron-AQSh

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing