Putin yangi prezidentlik davrida ilk tashrifni qaysi davlatdan boshlashi aytildi
Olam
−
07 may
24493Bugun, 7 may kuni navbatdagi 6 yillik prezidentlik davri uchun qasamyod qabul qilgan Vladimir Putinning ilk tashrifi Xitoy Xalq Respublikasiga bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Biroq Putinning anchadan buyon Turkiyaga amalga oshirishi kutilayotgan tashrifi sanasi aniqlanmagan.
“Yo‘q, hali qaror qabul qilinmadi”, deydi Ushakov.
Uning ishontirib aytishicha, Turkiyaga tashrif Xitoydan keyin amalga oshiriladi.
Kecha, 6 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya yetakchisining yordamchisi Putinning Xitoyga tashrifining aniq sanalari tez orada e’lon qilinishini ta’kidladi.
“Xitoy tomoni va men yaqin kunlarda tashrif sanalarini rasman e’lon qilamiz”, deb va’da berdi Kreml vakili.
U, shuningdek, bu Rossiya davlat rahbarining lavozimga kirishganidan keyingi ilk xalqaro tashrifi bo‘lishini ta’kidladi.
“Biz xitoylarga buni va’da qilgan edik va xitoylar bu taklif bilan chiqishdi. Bu, deyish mumkinki, (Xitoy) Raisi Si Szinpinning [Rossiyaga] o‘tgan yili, shuningdek, tegishli saylovlardan keyin amalga oshirilgan birinchi rasmiy tashrifiga javobdir”, deydi u.
Uning bildirishicha, Turkiyaga tashrif kun tartibida turibdi.
“Albatta, bunga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, ammo aniq sanalar hali kelishib olinmagan”, deydi Rossiya Prezidentining yordamchisi.
Kreml vakili Turkiyaga tashrif tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini aytdi.
“Biz yaqin kelajakda janob (Turkiya Prezidenti Rajab Toyib) Erdo‘g‘anning takliflarini amalga oshirishning mumkin bo‘lgan vaqtini tom ma’noda muhokama qilamiz”, deya aniqlik kiritdi Ushakov.
LiveBarchasi