Putin yana taygada. Rossiya Prezidentiga Shoygu hamrohlik qilyapti
Olam
−
07 Sentyabr 2021 18852 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumdan keyin bir necha kun Sibirda qolishga qaror qildi. U Mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamrohligida dam olmoqda. Bu haqda Kreml xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident Moskvaga ertaga, 8 sentyabr kuni kechqurun qaytadi.
“Oddiy dam olish: tayga, tog‘lar, sayr, toza xavo va boshqalar”, deydi Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Vladimir Putin Shoygu bilan dam olish kunlarini joriy yilning 21 mart kuni Sibirda o‘tkazgandi. O‘shanda Mudofaa Vaziri Rossiya Prezidentiga o‘z ustaxonasini ko‘rsatgan.


Live
Barchasi
O‘zbekiston shakar importini chekladi
27 Oktyabr