Putin va Japarov Sochida. Ular nimalarni muhokama qildi?

Olam

image
0:00
0:00
download
Japarov Putinga qirg‘iz-tojik mojarosiga e’tibor qaratgani uchun rahmat aytdi north_east

Japarov Putinga qirg‘iz-tojik mojarosiga e’tibor qaratgani uchun rahmat aytdi

Avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Sochiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 24 may kuni Japarov Putin huzurida bo‘lib, u bilan ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi choralar va Qirg‘iziston davlatiga Rossiya vaksinalarini yetkazib berish masalalarini muhokama qilgan.

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat rahbarlari suhbat davomida Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari, so‘nggi uchrashuv yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi yutuqlar, shuningdek, integratsion birlashmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor rejalari ustida suhbat qilgan.

“Boshqa mavzular qatorida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni saqlash masalalari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarlari joriy yilning 28-30 aprel kunlari qirg‘iz-tojik davlat chegarasida sodir bo‘lgan voqealarni, shuningdek, mojaro oqibatida vayron bo‘lgan Botken viloyatining chegaraoldi qishloqlari infratuzilmasi, ijtimoiy ob’ektlari va turar-joy binolarini tiklash, shuningdek, zarar ko‘rgan mahalliy aholiga har tomonlama yordam berish bo‘yicha tadbirlarni batafsil muhokama qildi”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib, rivojlanib borayotganini ta’kidlagan.

“Rossiya Qirg‘izistonning tashqi savdo aylanmasida ishonchli birinchi o‘rinni egallab turibdi. Afsuski, o‘tgan yili pandemiya tufayli savdo biroz pasayib ketdi, ammo joriy yilning birinchi choragida biz allaqachon 6 foizga o‘sishni kuzatmoqdamiz. Hukumatlararo komissiyadan foydalangan holda ushbu tendensiyani saqlab qolishimiz kerak. 

Biz, shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashda birgalikda harakat qilmoqdamiz. Rossiya Qirg‘izistonni virusni aniqlash testlari, koronavirusga qarshi dori hamda vaksinalar bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlagan, bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlamoqchi. Mutaxassislarimiz hozir butun dunyoda taniqli bo‘lib ulgurgan profilaktika vositamiz “Sputnik V”ning Qirg‘izistonda ham ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda”, deydi Vladimir Putin.

Bundan tashqari, Prezident Putin qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni diqqat bilan katta xavotirda kuzatganini ta’kidlagan.

“Tomonlarning ushbu ziddiyatni muzokaralar yo‘li bilan hal qilmoqchigini ijobiy qabul qildik. Ishonchim komilki, ushbu maqsadga shu tarzda erishish mumkin. Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi keskin muammolarni hal qilishda bizga bog‘liq bo‘lgan barcha narsaga tayyormiz”, deya qo‘shimcha qildi Vladimir Putin.

Shu bilan birga, Prezident Sadir Japarov koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Rossiyaning ko‘rsatgan “behisob yordami” uchun alohida minnatdorlik bildirgan.

Bundan tashqari, suhbat chog‘ida ikki davlatning YeOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi), KXSHT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) va boshqa xalqaro tashkilotlari doirasidagi hamkorligi alohida qayd etilgan.

Sadir Japarov Vladimir Putin tomonidan qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatga qaratilayotgan e’tibor, Qirg‘iziston xalqiga ko‘rsatilayotgan yordam uchun ham unga minnatdorlik bildirgan.

Qirg‘iziston rahbarining ta’kidlashicha, Respublikaning keyingi harakatlari Rossiya Federatsiyasi bilan muloqotni yanada rivojlantirish va har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing