Putin va Zelenskiyning uchrashuvini tashkillashtiryapman – Tramp 

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvni tashkillashtirishni boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Tramp bugun kechqurun Oq uyda Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvlar chog‘ida Putin bilan bu masalani telefon orqali muhokama qilganini yozdi.

“Uchrashuvlar yakunida men Prezident Putinga qo‘ng‘iroq qildim va ikki rahbar o‘rtasida belgilangan joyda uchrashuvni tashkillashtirishni boshladim. Ushbu muzkaralar bo‘lib o‘tgandan so‘ng, bizda uch tomonlama uchrashuv bo‘ladi, bu ikki Prezident va mening uchrashuvimiz bo‘ladi. Yana bu deyarli to‘rt yildan beri davom etayotgan urush uchun juda yaxshi, erta qadam”, deb yozgan Tramp.

Tramp ikkala uchrashuv ham qachon bo‘lishini ochiqlamadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi uchrashuvlari Ukraina uchun “Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan muvofiqlashtirilgan holda turli Yevropa davlatlari tomonidan taqdim etiladigan” xavfsizlik kafolatlari atrofida bo‘ladi.

“Hamma Rossiya/Ukraina uchun TINCHLIK imkoniyatidan juda xursand”, deb yozgan Tramp.


Maqola muallifi

Teglar

Putin uchrashuv Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing