Putin va To‘qayev energetika masalasida gaplashib oldi

Olam

image

Bugun, 20 yanvar kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Putin va To‘qayev Rossiya-Qozog‘iston strategik sheriklik va energetika masalalarini muhokama qilgan.

“Ikki davlat rahbarlari Rossiya-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Xususan, energetika sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali energetika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha gaplashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin energetika To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing