Putin va Trampning ehtimoliy uchrashuv sanasi aytildi

Olam

image
Putin muzokaralarga “og‘ir vaznlilar jamoasi”ni jalb qildi north_east

Putin muzokaralarga “og‘ir vaznlilar jamoasi”ni jalb qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Oq uy rahbari Donald Tramp o‘rtasida Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish maqsadida bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuv joriy yil 28 fevralgacha o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

AQSH va Rossiya rasmiylari kelasi hafta Saudiya Arabistonida uchrashib, yetakchilar o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sammitga tayyorgarlik ko‘radi. Sanani Ramazon oyi boshlanishidan oldin – 28 fevralgacha belgilash rejalashtirilgan.

Maqolada qayd etilishicha, Vashington tomonidan muzokaralarda milliy xavfsizlik maslahatchisi Maykl Uolts va maxsus elchi Stiv Uitkoff ishtirok etishi mumkin. Biroq Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kelloggning borligi hozircha ma’lum emas.

Materialdan ko‘rinib turibdiki, Yevropa vakillarining aksariyati bo‘lajak uchrashuv haqida hali xabardor qilinmagan. Taxminlarga ko‘ra, Ukraina rasmiylari ham Rossiya va AQSH vakillari o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlikdan to‘liq xabardor emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi. Suhbat bir yarim soat davom etgan. Asosan Ukraina mojarosini tartibga solishning mumkin bo‘lgan variantlari muhokama qilingan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, suhbat yakunida Prezidentlar “o‘zaro tashriflarni ham o‘z ichiga olgan holda juda yaqin hamkorlik qilish” borasida kelishib olgan. Vladimir Putin amerikalik hamkasbini Moskvaga taklif qilgan, Tramp esa rossiyalik prezidentni AQSHga chorlagan. 12 fevral kuni Tramp Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashuv o‘tkazmoqchi ekanini ma’lum qildi. Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi esa Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishga roziligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin Ramazon oyi Ukraina mojarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing