Xitoyda yuk mashinasi portladi. Qurbonlar soni ortib bormoqda

Olam

image

Kecha, 13 iyun kuni Xitoyning sharqidagi Taychjou shahri mintaqasidagi (Chjetszyan provinsiyasi) avtomagistralda benzinli yuk mashinasi portladi. Oqibatda ushbu portlashda 19 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 14 iyun kuni “Sina” axborot portali xabar bermoqda.

Agentlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 172 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Ularning barchasi shifoxonalarga joylashtirilgan.

Avvalroq, tuman politsiya boshqarmasi voqeada 18 qurbon va 166 kishi jarohat olgani haqida xabar berdi. Portlash to‘lqini yaqin atrofdagi uylar va bitta korxonaga zarar yetkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

309

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing