Putin va Tramp Rimda uchrashadi – “Fox News”

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Trampning uchrashuvi 11 avgust kuni Rimda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Fox News” xabar berdi.

Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov uchrashuv joyi allaqachon kelishilganini, ammo hozircha oshkor etilmasligini bildirgan. Bungacha Vladimir Putin uchrashuvni BAA hududida o‘tkazish ehtimoli haqida ham aytgandi.

Nashrning ushbu xabari ham hozircha rasman tasdig‘ini topmagan. Na Oq uy, na Kreml bu uchrashuv Rimda rejalashtirilgani va aynan qachon bo‘lishi haqida hozircha rasmiy bayonot bermadi, lekin Ushakov uchrashuv kelasi haftaga rejalashtirilganini bildirgan. 

Qayd etish joiz, bu uchrashuvga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham qo‘shilishi mumkin. 6 avgust kuni Kremlda o‘tkazilgan muzokaralarda AQSH Prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Putin, Tramp va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish g‘oyasini ilgari surgan. Putin esa Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazishga qarshi emasligini bildirgandi, biroq buning uchun muayyan shart-sharoitlar bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, u Zelenskiy bilan uchrashuvga “umuman qarshi emas” va bunday uchrashuv “kutilishi mumkin”, ammo buning uchun “muayyan shartlar yaratilishi kerak”. Ayni paytda esa “bu shartlarning amalga oshishiga hali ancha vaqt bor”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “New York Post” nashri Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralarga rozi bo‘lgandagina, Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lishi haqida yozgandi. Ya’ni, avval u Ukraina rahbari bilan kelishib olishi lozim. Biroq Tramp buni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Rim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing