1 iyundan tonirovka narxi tushadimi?
Jamiyat
−
27 may 2020
17725Ijtimoiy tarmoqlarda 1 iyundan boshlab tonirovka narxi tushishi haqidagi xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bu xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.
“Avtotransport vositalari oynalarini tonirovka qilish narxlari pasayishi bo‘yicha Hukumat qarori ishlab chiqilmaganligini ma’lum qilamiz“, deyiladi boshqarma xabarida.
Shuningdek, xabarda aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida avtomobil oynalarini tusini o‘zgartirish bo‘yicha qat’iy narx belgilangan.
LiveBarchasi