Putin va Tramp ikki soatdan ko‘proq vaqt suhbat qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqotini yakunladi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Suhbat Moskva vaqti bilan taxminan soat 17:00 da boshlangan va ikki yarim soat davom etgan. Muloqot davom etayotgan paytda Oq uy apparati rahbarining o‘rinbosari Den Skavino uni “yaxshi o‘tmoqda” deb ta’kidlagan.

Bu suhbat Donald Tramp Oq uyga qaytganidan beri Rossiya va AQSH Prezidentlari o‘rtasidagi ikkinchi muloqot bo‘ldi. Avvalgi suhbat 12 fevral kuni bo‘lib o‘tgan va bir yarim soat davom etgan.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov suhbatning asosiy mavzusi ikki tomonlama munosabatlar va Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish masalalari bo‘lishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u muzokaralar yakunida Prezident Putinning bayonot berishi rejalashtirilmaganini bildirgan.

O‘z navbatida, Donald Tramp suhbat davomida hududiy kelishuv masalalari va atom elektr stansiyalarini nazorat qilish mavzularini muhokama qilish niyatida ekanini bildirgan.

“Sizni eng yaxshi tarzda xabardor qilamiz”, degan Peskov suhbat yakunlari haqida Kreml qanday ma’lumot berishi to‘g‘risidagi savolga javoban.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp suhabat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing