Putin va Tramp Alyaskada. Biroq yakkama-yakka uchrashuv bo‘lmaydi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Alyaskada sammit o‘tkazish uchun Ankorijga yetib bordi.

Dastlab Trampning samolyoti, keyin yesa Putinning samolyoti qo‘ndi ular birin-ketin samolyotdan tushdi.
Prezidentlar o‘rtasidagi yakkama-yakka uchrashuv bo‘lishi kerak edi. Biroq u bo‘lmaydigan bo‘ldi. Oq uyning ma’lum qilishicha, buning o‘rniga “uchga-uch” shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Amerika vakillari sifatida Tramp bilan birga Davlat kotibi Marko Rubio va Prezidentning maxsus vakili Stivin Uitkoff ishtirok etadi.

Pentagon rahbari Pit Hegset, Moliya vaziri Skott Bessent va Savdo vaziri Govard Lyutnik Rossiya bilan kengaytirilgan ikki tomonlama uchrashuv va tushlikda sammitga qo‘shiladi.

Rossiya tomonidan “uchga-uch” formatdagi Tramp bilan muzokaralarda Putin bilan birga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ishtirok etadi.

Tarixiy uchrashuvni “QALAMPIR LIVE” kanalida jonli kuzatib boring.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Tramp Putin Alyaska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing