Putin va Si Szinpin Kremlda nima yeb, nima ichgani ochiqlandi

Olam

image

Rossiyalik jurnalist Pavel Zarubin Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpinning kechki ovqat menyusi nimalardan iborat ekanini ochiqladi. Uning aytishicha, ikki rahbarning kechki ovqati yetti taomni o‘z ichiga olgan.

Birinchi taomga Uzoq Sharq dengiz mahsulotlari berilgan. Yetakchilar keyin bedana va qo‘ziqorinli krep, pirog bilan cterlyad baliq sho‘rvasi, anor sharbatini tatib ko‘rgan.

Shundan so‘ng, ularga sabzavotli "Pechora" nelmasi yoki olcha sousi bilan kiyik go‘shtini tanlash taklif etilgan. Desertga esa "Pavlova" shirinligi tortilgan.

Kechki ovqatga Rossiyaning "Usadba Divnomorskoye" vino zavodidan ikkita “Sharqiy yonbag‘ir” va “G‘arbiy yonbag‘ir” vinolari hamroh bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy rahbari kecha, 20 mart kuni Rossiyaga borgan, Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Uning tashrifi 22 martgacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Si Tszin'pin Kreml kechki ovqat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing