Putin va Netanyaxu bir-birini g‘alaba kuni bilan qutladi
Olam
−
06 may 6281 1 daqiqa
Bugun, 6 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Putin va Netanyaxu Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutlagan. Rossiya Prezidenti Isroilda istiqomat qilayotgan faxriylarga sihat-salomatlik va farovonlik tilagan.
“Ikki mamlakatning Ikkinchi jahon urushi voqealari haqidagi haqiqatni himoya qilish, uning yakunlarini qayta ko‘rib chiqish va tarixni soxtalashtirishga urinishlarga qarshi turish borasidagi qat’iyati qayd etildi. Qizil armiya va butun sovet xalqining natsizmni tor-mor etishga qo‘shgan hal qiluvchi hissasi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.
Suhbat chog‘ida Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning turli jihatlari va ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu joriy yilning 7-11 may kunlariga rejalashtirilgan Ozarbayjonga tashrifini noma’lum muddatga qoldirgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi