Putin va Lukashenko G‘arb sanksiyalarining iqtisodiyotga ta’sirini muhokama qildi

Olam

image

Kecha, 5 aprel kuni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Kremlda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Lukashenko uchrashuvda G‘arb tomonidan Rossiya va Belarusga qarshi e’lon qilingan sanksiyalar masalasini ko‘targan. U yaqinda Putinning Tulaga qilgan safarini kuzatganini ta’kidlab, bu to‘g‘ri qaror bo‘lganini aytgan. Lukashenko ishchi sinf davlatlarni import o‘rnini bosuvchi tomonga buradi, deb xulosa qilgan.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar G‘arb kutganidan farqli o‘laroq, Rossiya Federatsiyasi va Belarus iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 

“Qishloq xo‘jaligini misol qilib keltirganingizda to‘g‘ri aytdingiz, hamma ochlikdan, sovuqdan va hokazolardan qo‘rqib ketgandi. Nima bo‘ldi? Bugun Rossiyada non qo‘yadigan joy yo‘q. Sanoatda ham xuddi shunday bo‘ladi”, deb ishonch bildirgan Lukashenko.  

Shuningdek, Belarus rahbari Putin bilan tez-tez uchrashib turishi 28 ta Ittifoq dasturining amalga oshirilishi sekinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liq ekanini bildirgan.

“Biz 28 ta Ittifoq dasturini belgilab oldik, ular deyarli 80 foizga, asosan, hukumatlar tomonidan amalga oshirildi. Jurnalistlar e’tibor qaratayotgan tez-tez uchrashuvlarimiz aynan shu dasturlarning amalga oshirilishida sekinlashuv kuzatilmasligi bilan bog‘liq edi. Agar hukumatlar qayerdadir qoqilgan bo‘lsa, biz [rahbarlar] darhol yig‘ilib, qaror qabul qilib, ularni harakatga keltirdik. Shuning uchun maqsadli kelishib, ikki yil davomida bu dasturlar ustida qattiq ishladik”, degan Lukashenko.  

Ma’lumot uchun, Belarus va Rossiya Ittifoq davlati doirasida iqtisodiyotning turli sohalarida ikki mamlakat qonunlarini unifikatsiya qilish, biznes uchun shart-sharoitlarni tenglashtirish, umumiy moliyaviy va energetika bozorlarini qurish, transportni rivojlantirishga qaratilgan 28 ta integratsion tarmoq dasturlarini amalga oshirmoqda. Bugun, 6 aprel kuni Putin va Lukashenko Moskvada Ittifoq davlati Oliy Davlat kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi. Unda 28 ta Ittifoq dasturi bo‘yicha hamkorlikda ish olib borishni nazarda tutuvchi asosiy hujjat – “2021-2023 yillarda Ittifoq davlatini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari”ning ijrosi muhokama qilinadi. Shuningdek, kelgusida integratsiyaviy hamkorlikning amaliy masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Belarus' Lukashenko Ittifoq davlati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing