Putin va Kabayevaning o‘g‘li Shveysariya fuqaroligisiz qoladigan bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Olimpiada chempioni Alina Kabayevaning o‘g‘li Shveysariya fuqaroligini ololmaydi. Chunki mamlakat parlamenti Shveysariya hududida tug‘ilganlarga fuqarolik taqdim etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishdan bosh tortgan. Bu haqda “Le News” xabar berdi.

Bu taklifni Jenevadan federal deputat Stefaniya Pretsiozo Batu bildirgan, biroq 112 parlamentariy tashabbusga qarshi ovoz bergan. 

Shveysariyaning “SonntagsZeitung” gazetasiga ko‘ra, Kabayeva 2015 va 2019 yillarda Putinning ikki o‘g‘lini dunyoga keltirgan. Ismi oshkor qilinmagan manba ulardan birinchisi Shveysariyaning Lugano shaharchasidagi nufuzli klinikada, ikkinchisi esa Moskvada tug‘ilganini aytgan.

Agar Shveysariyada tegishli qonun qabul qilingan bo‘lsa, Kabayeva va Putinning o‘g‘li 18 yoshga to‘lganda avtomatik ravishda mamlakat fuqaroligini olishlari mumkin edi. 

Ma’lumot o‘rnida, gimnastikachi Alina Kabayeva Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning ma’shuqasi sifatida ko‘riladi. U Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Kanadaning sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan edi. 

Mart oyi boshida ommaviy axborot vositalari Kabayeva bolalari bilan Shveysariyada bo‘lganini yozgan edi. G‘arb jurnalistlarining yozishicha, Olimpiada chempionining yetti yoshli egizak qizlari ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Kabaeva

Baholaganlar

645

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing