Putin uzoq yillik hamkorini ishdan oldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozakni lavozimidan ozod qildi. Putinning shu haqdagi tegishli farmoni huquqiy hujjatlar saytida e’lon qilindi.

Kreml ham Kozak iste’fosini tasdiqlagan, u 17 sentyabr kuni iste’foga chiqish haqida ariza bergan.

RBK ma’lumotlariga ko‘ra, Kozak Putinning uzoq yillik hamkorlaridan biridir. Putin 1999 yilda bosh vazir etib tayinlangach, Kozak hukumat apparati rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Bungacha Kozak Leningrad shahar kengashining yuridik bo‘limini boshqargan, Sankt-Peterburg meriyasining yuridik qo‘mitasini boshqargan va 1998 yilda qisqa muddat shahar vitse-gubernatori lavozimida ishlagan.

Putin Rossiya Prezidenti bo‘lganidan keyin Kozak Prezidentning Janubiy federal okrugdagi vakili, mintaqaviy rivojlanish vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. U 2020 yilda ma’muriyat rahbari o‘rinbosari Anton Vaynoning o‘rnini egallagan.

Kozak, xususan, postsovet mamlakatlariga, shu jumladan, Ukrainaga nisbatan siyosat uchun mas’ul edi. U Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Normand formatidagi (Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina) muzokaralarida Rossiyaga vakillik qildi. Joriy yilning avgust oyida uning bir qator vazifalari Prezident ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenkoga o‘tkazilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Dmitriy Kozak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing