Putin o‘zining qadrdon “hamsoyasi” bilan telefonda muloqot qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 22 iyul kuni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml xabar bermoqda. 

Suhbatda xalqaro mavzular muhokama qilingan.  

“Vladimir Putinning xorijiy davlatlar yetakchilari, jumladan Tehron bilan yaqindagi aloqalarini hisobga olgan holda xalqaro kun tartibidagi qator mavzular yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi Kreml xabarida. 

19 iyul kuni Putin Tehronga tashrif buyurdi va u yerda ikki tomonlama muzokaralarning bir necha raundida va Ostona “uchligi” sammitida ishtirok etdi. 

Bundan tashqari, Putin va Lukashenko suhbatda ikki tomonlama mavzularga to‘xtalgan. 

Ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan, asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy sohada o‘zaro manfaatli aniq loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan. 

Ular, shuningdek, Rossiya-Belarus sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqlagan. Oliy darajadagi muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib olganlar.

Belarusning “Belta” axborot agentligiga ko‘ra, suhbatning asosiy mavzusi ikki tomonlama hamkorlik bo‘lgan. Iqtisodiyot sohasidagi bir qator muhim masalalar, jumladan, import o‘rnini bosish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilingan. 

Bundan tashqari, suhbatda Belarus Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi yangi elchisini tayinlash bo‘yicha kelishib olingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksadnr Lukashenko

Baholaganlar

306

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing