Putin o‘zini va dunyoni XX asrga qaytarmoqchi – german siyosatdoni
Olam
−
16 yanvar 2022 15818 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin butun dunyoni XX asrga “katapult” qilishga urinmoqda. Germaniya parlamenti – Bundestagning Tashqi siyosat qo‘mitasi raisi, sotsial-demokrat Maykl Rotning fikricha, Rossiya rahbari ikki qutbli dunyo tartibini qayta tiklamoqchi.
“Yevropa Ittifoqining bo‘linishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Putin ikki qutbli dunyo tartibini qayta tiklashga intilib, o‘zini va butun dunyoni XX asrga qaytarishga harakat qilmoqda. Ammo biz bu rus o‘yiniga tortilib, o‘tmish ritorikasini qabul qilmasligimiz kerak”, dedi Rot “Handelsblatt” gazetasiga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, demokrat Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalar joriy etish tarafdori. Cheklovlar muammoli “Shimoliy oqim-2” gaz quvuriga ham daxl qilishi mumkin.
“Agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, Germaniya qattiq sanksiyalar joriy qilishi va Boltiqbo‘yi gaz quvurini shubha ostiga qo‘yishi kerak. “Shimoliy oqim” har doim siyosiy loyiha bo‘lib kelgan”, dedi u.
Ma’lumot uchun, Oq uy Matbuot kotibining Rossiya yanvar-fevral oylarida Ukrainaga bostirib kirishni rejalashtirayotgani haqidagi bayonoti ortidan dunyo e’tibori yana Sharqiy Yevropaga qaratildi. Bungacha dunyo Qozog‘istondagi tartibsizliklarni diqqat bilan kuzatib kelayotgandi.
Rossiya tomoni Oq uy bayonotini asossiy va axborot bosimi uyushtirishga urinish deb baholadi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr