Putin O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan ittifoq tuzmoqchi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida uch tomonlama ittifoq tuzish taklifini bildirmoqda. U bu haqda kecha, 28 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga gapirgan. 

To‘qayev kecha Rossiyaga tashrifi davomida mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda Putinning taklifi haqida so‘z ochgan. 

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning barcha masalalari, jumladan, gaz sohasida ham kelishib olinishiga ishonch bildirilgan. 

“Qo‘shimcha muvofiqlashtirishni va hatto muzokaralarni talab qiladigan masalalar bor, xususan, biz gaz sektori haqida gapiryapmiz. Lekin bu yerda biz hech qanday muammolarni dramatiklashtirmayapmiz. Men hozirgina [Rossiya Federatsiyasi Prezidenti] Vladimir Vladimirovichga [Putinga] aytdim: Bunday masalalar muhokamani talab qiladi”, deydi To‘qayev. 

U bu ish masalalari ekanini ta’kidlab, tegishli kelishuvlarga erishilishiga ishonch bildirdi. 

“Qolaversa, bugun Vladimir Vladimirovich qandaydir uch tomonlama ittifoq tuzishimiz kerakligini aytdi va O‘zbekiston Prezidentiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi. Istalgan natija va kelishuvlarga erishish uchun, hech bo‘lmaganda men uchun, mutaxassislarimizni aytmasa ham, ushbu mavzuni chuqur o‘rganishimiz kerak. Aslida, biz bunga tayyormiz”, deya tushuntirdi Qozog‘iston Prezidenti,gap qaysi kelishuvlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmay. 

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar Putinning ittifoq taklifidan jumbushga kelmoqda. Jamoatchilik, faollar Hukumatni bunday ittifoqqa rozi bo‘lmaslikka chaqirmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

496

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing