Putin urushga yuborilgan hindistonliklarni armiyasidan chetlatishga rozi bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan urushga jalb qilingan barcha hindistonliklarni Rossiya armiyasidan chetlashtirishga ruxsat berdi. Bu haqda “The Economist Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Putin Rossiya armiyasiga chaqirilgan barcha Hindiston fuqarolarini ishdan bo‘shatishga va ularning o‘z vataniga qaytishida ko‘mak berishga rozi bo‘lgan.

Joriy yilning mart oyida Hindiston hukumati aldanib, Rossiya tomonida Ukrainaga jangga jo‘natilgan fuqarolari haqida e’lon qilgan edi. Hindiston Markaziy Tergov byurosiga ko‘ra, Rossiya armiyasiga shu tarzda kamida 35 nafar hindistonlik jo‘natilgan. Moskvadagi Hindiston elchixonasi esa kamida 50 hindistonlik armiyaga qo‘shilganini bildirgan.

Nashrga ko‘ra, hozirda Ukraina bilan urushda kamida ikki Hindiston fuqarosi halok bo‘lgani ma’lum.

Bosh vazir Narendra Modi Moskvada noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘ygan va “Rosatom” paviloniga borgan.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi kecha, 8 iyul kuni ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Moskvaga yetib bordi. Putin Modi bilan Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovo qarorgohida ko‘rishdi. Bosh vazir Moskvadan keyin 9-10 iyul kunlari Avstriyaga tashrif buyuradi, bu Hindiston hukumati rahbarining so‘nggi 40 yildagi birinchi tashrifi va Modining o‘zi uchun ham ilk tashrif bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Rosatom Hindiston fuqarolari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing