Putin urushga boradiganlarga bir martalik to‘lovni ikki baravar oshirdi
Olam
−
01 avgust
8141Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan urushda Rossiya tomonida turib jang qiladiganlarga bir martalik to‘lovni 400 ming rubl (4600 dollar)gacha oshirdi. Bu haqda Putinning tegishli farmoni imzolandi.
Ilgari shartnoma imzolagan harbiy xizmatchilar 2,5 ming dollar miqdorida bir martalik naqd pul olish huquqiga ega edi. Putin, shuningdek, mintaqalarga shartnoma bo‘yicha ishchilarga kamida 4600 dollar to‘lashni tavsiya qildi.
RBK ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda bir martalik to‘lovlardan tashqari, shartnoma bo‘yicha yollanganlarga quyidagicha pul to‘lanmoqda:
- oylik to‘lovlar (210 ming rubl – 2400 dollardan);
- natijalar uchun to‘lovlar (8 mingdan 50 ming rublgacha – 90 dan 580 dollargacha);
- nafaqalar va bonuslar;
- jarohatlar uchun to‘lovlar (3 mln rubldan – 34 700 dollardan);
- nogironlik aniqlangandagi to‘lovlar (782 ming rubldan – 9 ming dollardan);
- jarohatning og‘irligiga qarab sug‘urta to‘lovlari (80 ming rubldan – 900 dollardan);
- halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga teng ulushlarda bir martalik to‘lov (2,96 mln rubl – 34 ming dollar).
Mudofaa vazirligining iyul oyi boshidagi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon 190 mingga yaqin rossiyalik mudofaa boshqarmasi bilan shartnoma imzolagan. Dekabr oyida, urush boshlanganidan beri birinchi marta harbiy departament qurolli kuchlardagi shartnoma bo‘yicha xodimlar sonini e’lon qildi – 640 ming kishi. Putin iyun oyida “maxsus operatsiya” zonasida 700 mingga yaqin rus askari borligini ma’lum qilgandi.
Rossiya tomoni yo‘qotishlar haqida so‘nggi bor 2022 yil sentyabrida ma’lum qilgan edi: “harbiy operatsiya” boshlanganidan beri 5937 kishi. G‘arb ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Rossiya armiyasining umumiy yo‘qotishlari (o‘ldirilgan va yaradorlar) 500 mingni tashkil etgan.
LiveBarchasi