Putin Ukrainaning bosib olingan ikki viloyatiga bordi (video)
Olam
−
18 aprel 2023 15442 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yili anneksiya qilingan Ukrainaning ayrim qismlaridagi xavfsizlik kuchlariga bordi. Bu haqda Kremlga tayanib, TASS xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Putin Xerson va Lugansk viloyatlariga borgan, birinchisida harbiy qo‘mondonlik yig‘ilishida qatnashgan, ikkinchisida esa Milliy gvardiya shtab-kvartirasiga tashrif buyurgan.
Uchrashuv davomida Putin harbiylardan Xerson va Zaporoje yo‘nalishlaridagi vaziyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishni so‘ragan.
“Men sizni buyruq va nazorat bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalaringizdan chalg‘itmoqchi emasman. Vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringizni eshitish, sizni tinglash, axborot almashish men uchun juda muhim”, degan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.
“Vostok” Milliy gvardiyasi shtab-kvartirasida esa unga general-polkovnik Aleksandr Lapin va boshqa zobitlar Lugansk yo‘nalishidagi vaziyat to‘g‘risida hisobot bergan.
“Prezident Putinning Xerson viloyati va Lugansk Xalq Respublikasiga safarlari, shuningdek, Dnepr va “Vostok” shtab-kvartiralarida uchrashuvlar oldindan tayyorlanmagan”, deyiladi Kreml bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni Putin Donetskning Mariupol shahriga borgan edi.
Live
Barchasi