Putin Ukrainaga hujum qilganidan afsusdaligini aytdi
Olam
−
16 Sentabr 2022
66069Rossiya Ukrainadagi mojaroni imkon qadar tezroq tugatish uchun hamma narsani qiladi, biroq Kiyev muzokaralardan bosh tortmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 16 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Ukrainadagi mojaro bo‘yicha sizning pozitsiyangizni, doimo bildirayotgan xavotirlaringizni bilaman. Bularning barchasi imkon qadar tezroq to‘xtashi uchun hamma narsani qilamiz”, deydi Putin.
Shu bilan birga, Putin qarama-qarshi tomon, Ukraina rahbariyati muzokaralar jarayonidan voz kechganini e’lon qilganidan, o‘z maqsadlariga harbiy yo‘l bilan erishmoqchi ekanini ma’lum qilganidan afsus bildirdi.
Rossiya rahbari mavqedoshini hindistonlik hamkorlarini Ukrainada bo‘layotgan voqealardan xabardor qilib turishiga ishontirdi.
Uchrashuvda Modi Moskva va Nyu-Dehli o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi va butun dunyo uchun foydali bo‘lishini aytdi.
Vladimir Putin mamlakatlar o‘rtasida vizasiz turistik sayohatlar bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralarni faollashtirishni taklif qildi.
"Ruslar uchun Hindistonning boy tarixi va qadimiy madaniyati an’anaviy tarzda katta qiziqish uyg‘otadi. Shu munosabat bilan biz vizasiz turistik sayohatlar bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralar jarayonini faollashtirishni taklif qilamiz", deydi Putin.
Shuningdek, u, kelgusi yilda Rossiya va Hindistonning o‘zaro yilini o‘tkazishni taklif qildi.
“2024 yilda Rossiya va Hindistonning o‘zaro o‘zaro yillarini o‘tkazish haqida o‘ylash mumkin”, deydi Putin.
O‘z navbatida Hindiston Bosh vaziri dunyodagi oziq-ovqat va energiya xavfsizligi muammolarini hal qilish yo‘llarini izlash zarurligini aytdi.
“Biz Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, turli masalalar bo‘yicha bir necha bor telefon orqali gaplashganmiz. Biz oziq-ovqat va energetika xavfsizligi hamda o‘g‘it bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yo‘llarini topishimiz kerak”, deydi Modi.
Hindiston Bosh vaziri u va uning rossiyalik maqedoshi bugungi kunda ushbu masalalarni muhokama qilish imkoniga egaligiga ishonch bildirdi.
LiveBarchasi