Putin aqlli, lekin Ukrainaga hujum boshlab, xato qildi – Bayden

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aqlli siyosatchi, ammo Ukrainaga harbiy yurish qilishda “katta xatoga yo‘l qo‘ygan”. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, undan parchalar kecha, 11 oktyabr kuni kechqurun ommaga e’lon qilindi.

Shu bilan birga, Bayden 2022-yil fevralida Ukrainaga bostirib kirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan Putinning nutqiga nisbatan “irratsional” atamasini ishlatgan.

“Menimcha, uning nutqi, maqsadlari mantiqiy emas edi. O‘ylaymanki, u quchoq ochib kutib olishadi, Kiyev ona Rossiyaning uyi, shu yerda uni xursandchilik bilan kutib olishadi, deb hisoblagan. Menimcha, u mutlaqo noto‘g‘ri hisoblagan”, deydi Amerika davlati rahbari jurnalist Jeyk Tapperga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Bayden Indoneziyada o‘tadigan G20 sammitida Putin bilan uchrashish niyatida Emas. Ammo hammasi Rossiya Prezidenti qaysi mavzuni muhokama qilmoqchiligiga bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing