Putin Ukrainada yadro qurolidan foydalanish “kerak bo‘lmasligiga” umid bildirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Rossiyada yadro qurolidan foydalanishga “ehtiyoj yo‘qligini” aytdi va kelajakda bunga ehtiyoj qolmasligiga umid bildirdi. Bu haqda Putin 4 may oqshomida efirga uzatiladigan “Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil” filmiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Ular bizni g‘azablantirmoqchi bo‘lishdi, bizning xato qilishimizni xohlashdi. Xo‘sh, siz aytib o‘tgan [yadroviy] qurollardan foydalanishning hojati yo‘q edi – va umid qilamanki, kerak bo‘lmaydi. 2022 yilda boshlangan ishni Rossiyaga kerakli natija bilan mantiqiy yakuniga yetkazish uchun bizda yetarlicha kuch va resurslar bor”, dedi Putin.

Qayd etish joiz, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Moskva ma’lum sharoitlarda yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini bir necha bor tan oldi.

Shuningdek, Rossiya yadroviy doktrinasini qayta ko‘rib chiqdi va Belarus hududida jangovar kallaklarni joylashtirdi. G‘arb va Ukraina Rossiyani “yadroviy shantajda” aybladi.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda Amerikaning yirik ommaviy axborot vositalari urushning birinchi yilida AQSH rasmiylari Rossiyaning Ukrainaga yadroviy zarba berish xavfini jiddiy ko‘rib chiqqani va javob rejasini ishlab chiqqani haqida yozgan.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin “Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil” filmida har doim voris haqida o‘ylashini, ammo yakuniy tanlovni rossiyaliklar qilishi kerakligini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing