Putin Ukrainada qachon tinchlik bo‘lishini aytdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin "maxsus harbiy operatsiya"  maqsadlariga erishilgan taqdirdagina Ukrainada tinchlik bo‘lishini aytdi. Bu haqda u bugun, 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Maqsadlarimizga erishganimizda tinchlik bo‘ladi. Ular o‘zgarmaydi. Biz nima haqida gaplashganimizni eslatib o‘taman – Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish, uning neytral maqomi”, deya javob berdi Putin bu haqdagi savolga. 

Prezidentning ta’kidlashicha, bugungi kunda Ukraina deyarli hech narsa ishlab chiqarmayapti.

“Ular nimanidir tejashga harakat qilishadi, lekin deyarli hech narsa ishlab chiqarmaydi. Hamma narsani tekinga olib kelishadi. Ammo bu bepul sovg‘a qachondir tugashi aniq. Va, ehtimol, tugayapti”,  deydi Rossiya Prezidenti.

Rossiya rahbari safarbarlik mavzusiga to‘xtalar ekan, ikkinchi to‘lqinga ehtiyoj yo‘qligini aytdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, qisman safarbarlik paytida ular 300 ming kishini yollashga muvaffaq bo‘lgan, shundan so‘ng rasmiylar shartnoma asosida harbiy xizmatchilarni yollashga o‘tgan. 

“Kecha 486 ming kishi armiyaga kirdi. O‘z vatanini himoya qilishga tayyor bo‘lgan erkaklar oqimi esa kamaymayapti – har kuni 1,5 ming kishi ko‘ngilli xizmat qiladi. Yil oxirigacha Rossiya Qurolli kuchlari safiga yarim millionga yaqin ko‘ngillilarni jalb etish rejalashtirilgan”, deydi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.

Shu bilan birga, Rossiya Prezidenti Ukraina bilan munosabatlarda sodir bo‘layotgan voqealar birodarlar o‘rtasidagi fuqarolar urushiga o‘xshab ketayotganini ta’kidlab, ruslar va ukrainlarni “yagona xalq” deb atadi. Putinning fikricha, Ukraina mojarosiga G‘arbning "Rossiya chegaralari tomon o‘rmalab, Ukrainani NATOga qo‘shib olish"ga bo‘lgan cheksiz istagi yotganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing