Putin Ukraina masalasini hal qilish uchun Afrika davlatlari rahbarlaridan “maslahat” olmoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina masalasini muhokama qilish bo‘yicha har qanday aloqalarga tayyor hamda muammoni hal qilishga qaratilgan barcha g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, TASS xabar berdi

"Prezident Putin Ukraina muammosini hal qilishning mumkin bo‘lgan variantlarini muhokama qilish uchun har qanday aloqalarga ochiq bo‘lgan va hozir ham ochiq", deydi Peskov. 

Shuningdek, Rossiya Prezidentining vakili muammoni hal qilishga qaratilgan har qanday takliflar va g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashini hamda Afrika rahbarlari bilan Ukraina masalasi yuzasidan bo‘lajak aloqalarni mamnuniyat bilan qabul qilishini bildirgan. 

Peskovning aytishicha, Ukraina bilan ziddiyat “Rossiya Federatsiyasi chegaralarida ruslarga qarshi markaz mavjudligi” bilan bog‘liq. 

Ma’lumot uchun, ertaga, 17 iyun kuni bir qator Afrika davlatlari rahbarlaridan iborat Afrika “tinchlikparvar missiya”si Moskvaga borishi kutilmoqda. Missiya tarkibidan Janubiy Afrika Respublikasi, Zambiya, Komor orollari, Kongo-Brazzavil, Misr, Senegal va Uganda rahbarlari o‘rin olgan. 

Putin bilan uchrashuvda ular Ukraina masalasi va “don kelishuvi”ni muhokama qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, hozirda JAR Prezidenti Siril Ramafosa davlat tashrifi bilan Ukrainada bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Afrika Putin Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing