Putin Ukraina qachon muzokaralardan voz kechganini aytdi
Olam
−
15 Oktabr 2022
11370Rossiya qo‘shinlari Kiyevdan olib chiqib ketilgan paytda Ukrainaning Rossiya bilan muzokaralardagi pozitsiyasi o‘zgardi. Bu haqda kecha, 14 oktyabr kuni jurnalistlarga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Men, o‘z navbatida, siz bilganingizdek, Kremlda Federatsiya sub’ektlari bo‘yicha qaror qabul qilish chog‘ida gapirganimda, biz ochiqmiz, [muzokaralar uchun] doim ochiqmiz. Biz hatto Istanbulda ma’lum kelishuvlarga erishdik, bu kelishuvlar deyarli tasdiqlangan edi. [Rossiya] qo‘shinlari Kiyevni tark etishi bilan Kiyev rasmiylarida muzokaralar olib borish istagi darhol yo‘qoldi, tamom. Agar ular bunga tayyor bo‘lsa – marhamat, bundan manfaatdor bo‘lganlarning barchasining vositachilik harakatlariga talab bo‘ladi”, deydi Putin.
Putin Kiyevdagi hukumat doimiy ravishda muzokara o‘tkazishni xohlayotgani haqida gapirib, endi bo‘lsa, muloqotga kirishishni rasman taqiqlab qo‘yganini ta’kidlagan.
“Ular [Kiyev rasmiylari] doim muzokaralar o‘tkazishni xohlashlarini aytib kelishayotgani va buni so‘rashdi, endi bu muzokaralarni taqiqlovchi rasmiy qaror qabul qilishdi. Xo‘sh, bu yerda nima haqida gaplashishimiz mumkin?”, deya xulosa qilgan Rossiya rahbari.
Ukraina bilan muzokaralarda Xitoy va Hindistonning potensial vositachilik roliga izoh berar ekan, Putin Pekin va Nyu-Dehli doimo muloqot o‘rnatish va mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligi haqida bayonotlar berib kelayotganiga e’tibor qaratgan.
“Biz ularning pozitsiyasini bilamiz, ular bizning yaqin ittifoqchilarimiz, hamkorlarimiz, biz ularning pozitsiyasini hurmat qilamiz”, detsdi u.
LiveBarchasi