Putin Ukraina bilan chegaradosh 8 hududda maxsus holat joriy qildi
Olam
−
19 Oktabr 2022 8265 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan chegaradosh hududlar va Rossiyaning yangi hududlarida “o‘rta darajadagi javob choralari”ni joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tegishli farmoniga asosan xabar berdi.
Endilikda Ukraina bilan chegaradosh viloyatlar va Rossiya Federatsiyasining yangi hududlari rahbarlari aholini vaqtincha ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin.
O‘rtacha javob darajasi Qrim, Krasnodar o‘lkasi, Belgorod, Bryansk, Voronej, Kursk, Rostov viloyatlari va Sevastopolga tegishli. Bu mintaqalar rahbarlariga “iqtisodiy sohada, Rossiya Federatsiyasining ushbu ta’sis sub’ektlarining ijro etuvchi hokimiyatlarida va mahalliy hokimiyatlarda safarbarlik tadbirlarini, hududiy mudofaa bo‘yicha individual chora-tadbirlarni, fuqarolik mudofaasi choralarini, fuqarolarni himoya qilish bo‘yicha choralarni ko‘rish, tabiiy va texnogen xarakterdagi vaziyatlarda aholi va hududlar, shuningdek Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlar, harbiy tuzilmalar, organlar va aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolatini beradi.
Putinning farmonida Rossiyaning ushbu sakkiz viloyati rahbarlari ko‘rishi kerak bo‘lgan boshqa choralar ham sanab o‘tilgan. Jumladan, “jamoat tartibini muhofaza qilishni kuchaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash, harbiy, muhim davlat va maxsus ob’ektlarni, aholining hayotiy faoliyatini ta’minlovchi ob’ektlarni, transport, aloqa va kommunikatsiyalar, energetika ob’ektlarining faoliyatini, shuningdek, odamlarning hayoti va sog‘lig‘i hamda tabiiy muhit uchun ortib borayotgan xavf tug‘diradigan ob’ektlar muhofazasini kuchaytirish”; “transport, aloqa va kommunikatsiyalar, energetika ob’ektlari, shuningdek, inson hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof-muhitga xavf tug‘diradigan ob’ektlarning ishlashini ta’minlovchi maxsus ish rejimini joriy etish” belgilandi.
Janubiy va Markaziy tumanlarning qolgan hududlarida mahalliy rahbarlar tomonidan hududiy mudofaa va fuqarolik mudofaasi bo‘yicha ayrim chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatlarini beradigan “yuqori shaylik darajasi” joriy etildi.
Rossiyaning boshqa hududlari uchun Putin "asosiy tayyorgarlik darajasi"ni o‘rnatdi. Bu Federatsiya sub’ektlarining rahbarlariga “aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha qarorlar qabul qilish, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlar, harbiy tuzilmalar, organlar va aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolatlarini beradi.
Avvalroq Putin Ukrainaning anneksiya qilingan to‘rt viloyati Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojeda harbiy holat e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya tomoniban egallab olingan Xerson shahriga hujumga o‘tishga tayyorlanyapti. Shaharda aholini ko‘chirish ishlari boshlangan. Viloyat rahbariyati ham o‘z joyini o‘zgartirgan.
Live
Barchasi