Putin Ukraina bilan bevosita muzokara o‘tkazishga rozi bo‘ldi
Olam
−
22 aprel 7800 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kiyevning fuqarolik infratuzilmasiga zarba berishni to‘xtatish haqidagi taklifini o‘rganishini hamda Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga ruxsat berishini aytdi. Bu haqda u kecha, 21 aprel kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Buni hal qilish kerak, bularning barchasi chuqur o‘rganish uchun mavzu, ehtimol hatto ikki tomonlama”, dedi u.
Qayd etish joiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kremlga “uzoq masofaga uchuvchi uchuvchisiz samolyotlar va raketalar tomonidan fuqarolik infratuzilmasiga 30 kun muddatga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan har qanday zarbalardan” tiyilishni taklif qilgan edi.
Shu bilan birga, Rossiya yetakchisi Kiyev go‘yoki harbiy maqsadlarda fuqaro ob’ektlaridan foydalanayotganini ma’lum qildi va Rossiya Qurolli kuchlarining 13 aprel kuni Sumi viloyatiga bergan zarbasini eslatdi.
“Masalan, Qurolli Kuchlarimiz Kongress markaziga hujum qilganini hamma yaxshi biladi, menimcha, Sumi viloyatida. Bu fuqarolik ob’ektimi yoki yo‘qmi? Fuqarolik. Ammo u yerda Kursk viloyatida jinoyat sodir etganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi”, dedi Putin.
Rossiya Prezidenti 35 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘lgan raketa zarbasini “loyiq jazo” deb atadi.
“Bu ularni jazolash uchun qilingan”, deb ta’kidladi u.
Rossiya zarbasidan bir kun o‘tib, 14 aprel kuni Sumi viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Artyux Sumida Ukraina qurolli kuchlarining 117-brigadasi askarlarini taqdirlash marosimi rejalashtirilganini tasdiqladi. Ertasi kuni Zelenskiy Artyuxni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida farmon chiqardi.
Ukrainada Pasxa sulhi
19 aprel kuni Rossiya Prezidenti Putin Pasxa bayrami munosabati bilan 19 aprel soat 18:00 dan 21 aprel soat 00:00 gacha sulh e’lon qildi.
“Ushbu 30 soatlik muddat ichida Rossiya qo‘shinlariga barcha harbiy operatsiyalarni to‘xtatish buyrug‘i berildi”, deya xabar beradi Kreml matbuot xizmati.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh Qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning hisobotiga tayanib, Rossiya o‘ziga e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini ikki mingdan ortiq marta buzgani, hujumlar uyushtirgani, o‘qqa tutgani va uchuvchisiz samolyotlardan foydalanganini ta’kidladi.
“Biroq 20 aprel, yakshanba kuni havo tahdidi signali bir marta ham eshitilmadi”, dedi Zelenskiy.
Rossiya tomoni, o‘z navbatida, Ukraina Qurolli kuchlarini Pasxa sulhini ko‘plab buzganlikda aybladi.
Live
Barchasi