Putin Ukraina AESlariga zarba bermoqchi – Zelenskiy
Olam
−
25 Sentabr
3871Rossiya Ukraina yadroviy inshootlariga hujum qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 25 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida so‘z ochdi.
“Ukraina razvedkasi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukraina atom elektr stansiyalari va infratuzilmalarini energiya tizimidan uzib qo‘yish maqsadida ularga zarba berish rejalari haqida xabar berdi. Har qanday raketa yoki dron zarbasi, energiya tizimidagi har qanday muhim voqea yadroviy falokatga olib kelishi mumkin. Bunday kun hech qachon kelmasligi kerak. Moskva buni tushunishi kerak va bu qisman sizning tajovuzkorga bosim o‘tkazish qaroringizga bog‘liq”, deydi u.
U o‘z hamkorlariga qo‘shimcha yordam so‘rab murojaat qildi.
“Rossiya bosqinidan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash birinchi navbatdagi ustuvor vazifa bo‘lib qolishi kerak”, dedi Prezident.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya barcha issiqlik elektr stansiyalarini va mamlakatdagi gidroelektrostansiyalarning muhim qismini vayron qilgan.
Shu bilan birga, Zelenskiy Ukrainani tinch yo‘l bilan hal qilishda Kiyev tomonidan ishlab chiqilgan tinchlik formulasiga amal qilishga chaqirdi. U Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini talab qilgan bir qator mamlakatlar, jumladan, Xitoy va Braziliyaning "haqiqiy manfaatlarini" shubha ostiga oldi.
“Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muqobil rejalar Putinga faqat urushni davom ettirish uchun siyosiy maydon beradi. Ukraina hech qachon o‘ziga yuklangan kelishuvga rozi bo‘lmaydi”, deb ta’kidladi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Rossiya qish oldidan mamlakatning energiya ta’minotini yo‘q qilish maqsadida Ukrainadagi uchta atom elektr stansiyasiga hujumlar tayyorlayotgani haqida Kiyevda dalillar borligini aytgandi.
LiveBarchasi