Putin Turkmanistonning ketayotgan va kelayotgan Prezidentlari bilan suhbatlashdi

Olam

image

Bugun, 15 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va saylangan Prezidenti Sardor Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkmaniston davlat agentligi xabar berdi.

“Suhbatdoshlar bir-birlarini samimiy qutlab, ikki davlat umumiy manfaatlariga javob beradigan an’anaviy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlariga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Prezident Vladimir Putin Turkmaniston rahbarini Prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan samimiy tabrikladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, suhbat davomida Vladimir Putin Turkmanistonning saylangan Prezidentini g‘alaba bilan tabriklagan va prezidentlik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Fursatdan foydalanib, Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Prezident Vladimir Putinga davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi va samarali hamkorlikdagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, “Arqadag‘” endigi faoliyatini yangi lavozimda – Turkmaniston Xalq Maslahati Milliy Kengesh raisi sifatida davom ettirish niyatida ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda navbatdan tashqari Prezident saylovi joriy yilning 12 mart kuni o‘tkazildi. Mamlakat bo‘ylab 2577 ta saylov uchastkasi ochildi, 41 tasi respublika tashqarisida. Hammasi bo‘lib 3,4 milliondan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 97,11 foizi saylovda qatnashgan.

Sardor Berdimuhamedov saylovda jami ovozlarning 72,97 foizini to‘plagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing