Putin To‘qayevning “Rossiyaga mehrini” yuqori baholashini aytdi

Olam

image

Moskva Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qayta saylanganidan so‘ng ilk xorijiy tashrifini Rossiyaga qilganini yuqori baholaydi. Bu haqda bugun, 28 noyabr kuni Kremlda qozog‘istonlik mavqedoshi bilan muzokaralarni boshlagan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aytdi. 

“Bugungi tashrif alohida ahamiyatga ega: bu Qosim-Jomart Kemelevich Qozog‘iston Prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi birinchi tashrif bo‘lib, ramziy ma’noga ega, u munosabatlarimizning o‘ziga xos xususiyatini ifoda etadi. Biz buni juda qadrlaymiz”, deydi Rossiya rahbari.

Putin To‘qayev bilan uchrashuvlari muntazam o‘tkazilayotganiga e’tibor qaratdi, ular yaqinda Yerevanda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida uchrashgan. 

“Biz har doim uchrashuvlarimizdan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun foydalanamiz. Va birinchi navbatda, albatta, biz iqtisodiyot haqida gaplashamiz, chunki bu barcha sohalardagi muvaffaqiyatlarimizning asosidir”, deydi Putin. 

Prezident Orenburgda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston o‘rtasidagi Mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchilari sezilarli, aniq natijalarga erishishiga ishonch bildirgan. Chunki tovar ayirboshlashning muhim qismi chegara hududlari orqali o‘tadi. 

Rossiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bir-biri bilan yaqindan muloqotda bo‘lgan ikki davlatning chegaradosh viloyatlari aholisi markazdagidan ko‘ra bir-birining imkoniyatlari haqida vaziyatni yaxshiroq biladi va bu munosabatlarni rivojlantiradi. 

“Biz 2021 yilda tovar ayirboshlash hajmi oshganini qayd etdik, 2022 yilda ham u barqaror o‘sib bormoqda. Biz an’anaviy yo‘nalishlarimizda, yuqori texnologiyali yo‘nalishlarda ham ishlayapmiz, bu kelajak uchun juda muhim”, deydi Rossiya davlat rahbari. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing