Putin tug‘ilgan kunida qanday sovg‘alar oldi?
Olam
−
09 Oktabr
31632Belaruslik Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tug‘ilgan kunida hunarmandlar tomonidan yasalgan “jiddiy sovg‘a”ni taqdim etdi. Bu haqda u jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Sovg‘a o‘ziga xos va original. Bu nafaqat Rossiyaga, balki shaxsan Prezidentga ham yaxshi munosabatda bo‘lgan belaruslarning qo‘llari bilan yaratilgan juda jiddiy sovg‘a”, dedi u.
Lukashenko aynan nima berganiga aniqlik kiritmadi va bu haqda Putindan so‘rashni taklif qildi.
Shuningdek, Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an Putinga “yaxshi turk sovg‘asi” yuborgan, biroq uning nimaligi ham Kreml tomonidan oshkor qilinmagan.
Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov sovg‘aning qiymati davlat xizmatchilari uchun ruxsat etilgan 3 ming rubllik limitga to‘g‘ri keladimi degan savolga javob berar ekan, uning narxi biroz qimmatroq ekanini bildirdi.
Rossiyada davlat xizmatchilariga xizmat lavozimi yoki xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan sovg‘alar berish taqiqlangan. Istisno oddiy sovg‘alar bo‘lib, ularning narxi 3 ming rubldan oshmasligi kerak. Protokol tadbirlari, xizmat safarlari va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan davlat xizmatchilari tomonidan qabul qilingan sovg‘alar federal mulk yoki davlat sub’ekti sifatida tan olinadi.
7 oktyabr kuni Putin 72 yoshga to‘ldi. Ko‘plab siyosatchilar Putinni tabrikladi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, bular qatoriga Rossiyaga do‘st bo‘lmagan davlatlar rahbarlari kirmagan.
Peskov 7 oktyabr kuni kechqurun Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan birga bo‘lishini aytgandi.
LiveBarchasi