Putin Trassning Bosh vazir bo‘lishini nodemokratik deb atadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Liz Trassning Buyuk Britaniya Bosh vaziri etib saylanishini demokratik tamoyillardan yiroq, deb atadi. Bu haqda Rossiya yetakchisi Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisidagi nutqida aytib o‘tgan.

“Buyuk Britaniyada demokratik tamoyillardan uzoq bo‘lgan davlat rahbarini saylash tartibi amal qiladi. Bu avvalgi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan partiya doirasida bo‘lib o‘tadi. Buyuk Britaniya xalqi hukumat almashinuvida ishtirok etmaydi. U yerda hukmron elitaning o‘z yo‘riqnomalari bor”, deydi u.

Shuningdek, u Buyuk Britaniya Rossiya bilan munosabatlarda o‘z yo‘nalishini tanlashda erkinligini, biroq Moskva o‘z manfaatlarini izchil himoya qilishini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Sharqiy iqtisodiy forum 5-8 sentyabr kunlari Vladivostokdagi Russkiy orolida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass hukmron Konservativ partiya yetakchiligi uchun kurashda g‘olib chiqdi. 6 sentyabr kuni esa Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Balmoral qasrida (Shotlandiya) Liz Trassni Bosh vazir etib tayinlab, unga yangi hukumat tuzishni topshirgan. 

Avvalroq, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri Liz Trassning bayonotlaridan kelib chiqib, Rossiya bilan munosabatlarda ijobiy o‘zgarishlarni kutishning hojati yo‘qligini aytgandi.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri Liz Trassning bayonotlaridan kelib chiqib, Rossiya bilan munosabatlarda ijobiy o‘zgarishlarni kutishning hojati yo‘qligini aytgandi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing