Liz Trass Britaniya Bosh vaziri bo‘ldi

Olam

image

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass hukmron Konservativ partiya yetakchiligi uchun kurashda g‘olib chiqdi. Bu haqda bugun, 5 sentyabr kuni partiya ichidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra ma’lum qilindi.

47 yoshli Trass nomzodi uchun Konservativ partiyaning 81 326 nafar oddiy a’zosi ovoz berdi. Uning raqibi, 42 yoshli sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak 60 399 nafar ovoz oldi. Shunday qilib, Trass hukmron partiya rahbari sifatida 6 sentyabr kuni Bosh vazir lavozimida Boris Jonsonning o‘rnini egallaydi va yangi hukumatni tuzadi.

Trass Buyuk Britaniyaning 56-Bosh vaziri (yoki bu lavozimni bir necha marta egallaganlarni hisobga olgan holda 78-hukumat rahbari) va qirolicha Yelizaveta II davridagi 15-Bosh vazirga aylanadi. U, shuningdek, Margaret Tetcher (1979 yildan 1990 yilgacha Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilgan) va Tereza Meydan (2016 yildan 2019 yilgacha) keyin Vazirlar Mahkamasini boshqargan uchinchi ayolga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, tez orada Jonson egallab turgan lavozimini tark etadi. U joriy yilning 20 iyul kuni Bosh vazir sifatida so‘nggi bor Jamoalar palatasida nutq so‘zlagan.

2019 yilda Tereza Meyning o‘rniga Bosh vazir lavozimini egallagan Jonson 7 iyul kuni bosh vazirlik va Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi rahbari lavozimini tark etishini e’lon qildi. U Vazirlar Mahkamasining yangi rahbari tayinlangunga qadar ishlashda davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing