Putin Trampga javob qaytardi
Olam
−
02 avgust 31056 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 1 avgust kuni belaruslik Aleksandr Lukashenko bilan Valaam monastiriga qo‘shma tashrifi chog‘ida bir qancha muhim bayonotlar berdi.
Istanbuldagi Ukraina-Rossiya muzokaralarining uchinchi raundi haqida gapirar ekan, Putin, ayniqsa, tinchlikka intilish kontekstida ularning muhimligini qayd etdi.
“Men [uchinchi bosqich natijalarini] umuman ijobiy deb baholayman”, dedi Prezident uning insonparvarlik jihatini – yuzlab odamlarning o‘z vataniga qaytishini ta’kidlab.
Putinning aytishicha, Rossiya gumanitar sabablarga ko‘ra minglab halok bo‘lgan ukrainalik askarlarning jasadlarini topshirgan va buning evaziga “bir necha o‘nlab yigitlarniki”ni qabul qilgan.
Shuningdek, Rossiya yetakchisi AQSH Prezidenti Donald Trampning undan hafsalasi pir bo‘lgani gaplariga ham izoh berdi. Putin Trampning nomini tilga olmagan bo‘lsa ham “barcha umidsizliklar haddan tashqari kutishdan kelib chiqadi”, deb ta’kidlab, “omma oldida emas, balki xotirjam, muzokaralar jarayonining tinchligida” puxta muzokaralar olib borish zarurligini aytdi.
Putin o‘tgan yilning iyun oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiyaning maqsadlarini eslab, asosiy vazifa – “bu inqirozni keltirib chiqargan sabablarni yo‘q qilish”ni ta’kidladi.
Bundan tashqari, u Ukraina tomonining Rossiya va Ukraina xavfsizligini “umumiy Yevropa xavfsizligi kontekstida” ko‘rib chiqish taklifini ijobiy baholadi. Muhim masalalar qatorida Putin gumanitar komponent – rus tilining maqomi va Ukrainada “mustaqillik va pravoslav cherkovining rivojlanishi uchun munosib sharoitlar”ni ham ta’kidladi.
Putin qo‘shinlar birinchi seriyali “Oreshnik” majmuasini olganini ham e’lon qildi.
“Birinchi seriyali raketa qo‘shinlarga yetkazildi. Endi seriya ishlay boshladi”, dedi u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik va belaruslik harbiy mutaxassislar tizimning bo‘lajak pozitsiyalari uchun joylarni tanlab olgan va hozirda bu pozitsiyalarda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Yevropadagi vaziyatga to‘xtalar ekan, Putin Yevropa Ittifoqi haqidagi qarashlar evolyutsiyasini qayd etdi. Agar ilgari u “iqtisodiy gigant, ammo siyosiy mitti” deb atalgan bo‘lsa, bugun Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “unda suverenitet umuman mavjud emasligi ayon bo‘lgan”.
Live
Barchasi