Putin ayol kishiga yengildi
Olam
−
16 fevral 2019
20253Avvalroq, Rossiyaning Sochi shahrida Suriyada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga kafil hisoblanuvchi uch davlat – Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari Vladimir Putin, Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Hasan Ruhoni to‘rtinchi marta uchrashgani haqida xabar bergan edik.
Siyosiy uchrashuvdan keyin Vladimir Putin Rossiya dzyudo terma jamoasining Sochida mashg‘ulot o‘tkazayotgan a’zolari oldiga borgan. Prezident mashg‘ulotlarni tomosha qilibgina qolmay, o‘zi ham kimono kiyib, tatamiga chiqqan.
Putin olimpiya o‘yinlari chempioni Natalya Kuzyutina bilan sparring tushgan. Bellashuvda Natalya Kuzyutina Putinni boshi uzra uloqtirgan. “MK”ning yozishicha, Putin go‘yoki bo‘shashmay, sportchining boshidan ham o‘pib qo‘ygan.
Prezident Putin dzyudo bo‘yicha mahoratini bir muncha oshirish uchun olimpiya o‘yinlari chempioni Beslan Mudranov bilan ham tatamiga chiqqan. Mudranov bilan shug‘ullanayotganda Putin barmog‘ini jarohatlab olgan, ammo shunga qaramay mashg‘ulotni davom ettirgan.
Ma’lumot uchun, RF prezidenti Vladimir Putin dzyudo ustasi hisoblanadi. Shuningdek, uning karate bo‘yicha qora belbog‘i ham bor.
LiveBarchasi