Putin Sloveniyadan kelgan josuslarni yashirincha mukofotladi
Olam
−
10 dekabr
7326Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sloveniyalik Artem va Anna Dulsevlarni yashirincha “Jasorat” ordeni bilan taqdirladi. Dulsevlarning mukofotlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hech qanday joyda oshkor etilmagan. Biroq “Agentstvo” nashri Rossiya Tashqi razvedka xizmatining “Razvedchik” jurnalining dekabr sonida chop etilgan materialga e’tibor qaratdi.
Jurnalda Dulsevlar bilan uzun intervyu e’lon qilingan va ular “Rossiya Prezidentining farmoni bilan “Jasorat” ordeni bilan taqdirlangani” aytilgan. Mukofotning sanasi yoki aniq sababi yo‘q. Biroq, 2024 yil 30 avgust kuni Yasenevodagi Rossiya Tashqi razvedka xizmatining shtab-kvartirasida Sergey Narishkinning juftlikka boshqa medallarni topshirayotgani aks etgan surat chop etilgan.
1 avgust kuni mahbuslar almashinuvi doirasida Rossiyaga qaytgan Dulsevlar oilasi avvallari o‘zlarini Argentina fuqarolari sifatida ko‘rsatib, Rossiya Federatsiyasi uchun josuslik faoliyatini olib borishgan.
Anna va Artem Dulsevlar 2022 yil dekabrida Sloveniyada hibsga olingan. Afsonaga ko‘ra, ularning ismlari Lyudvig Gish va Mariya Meyer edi, ularda Argentina fuqarolarining pasportlari bor edi.
“Razvedchik” gazetasida chop etilgan maqolaga ko‘ra, Dulsevlar “2012 yildan buyon alohida sharoitlarda xorijda bo‘lgan”. Shuningdek, 2018 yilda argentinaliklar niqobi ostida Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga yashirincha tashrif buyurgani aytiladi.
2024 yil iyul oyida Lyublyana sudi Artem va Anna Dulsevlarni josuslikda ayblab, 1 yil 7 oyga ozodlikdan mahrum qildi. “Razvedchik”ga bergan intervyusida Anna qamoqxonada “Sloveniyadagi Rossiya Tashqi razvedka xizmati vakili” ularni ko‘rgani borganini aytgan.
Dulsev farzandlari Sofiya va Daniil ham 1 avgust kuni almashinuvning bir qismi bo‘lishdi. Oila Vnukovoga rampadan tushayotganda, Vladimir Putin ispan tilida bolalarga murojaat qilib, ularga shunday dedi:
“Buenas noches!”
LiveBarchasi