Putin Si Szinpin bilan qo‘ng‘iroqlashdi
Olam
−
24 fevral 3610 2 daqiqa
Bugun, 24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki davlat rahbari Rossiya-Amerika o‘rtasidagi aloqlarni muhokama qilgan.
“Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi raisiga yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika aloqalari haqida ma’lumot berdi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Xitoy tomoni Rossiya va AQSH o‘rtasida boshlangan muloqotni qo‘llab-quvvatlashi hamda Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini topishga yordam berishga tayyorligini bildirgan.
“Xitoy Rossiya va tegishli tomonlarning Ukraina mojarosini yumshatish bo‘yicha sa’y-harakatlarini ko‘rishdan xursand”, degan Xitoy rahbari.
Qo‘shimcha qilinishicha, uzoq davom etgan suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi rejalar ham muhokama qilingan.
“Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning uzoq davom etgan telefon muloqoti chog‘ida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan chuqur fikr almashildi”, deyiladi Kreml xabarida.
Qolaversa, tomonlar Rossiya-Xitoy munosabatlari dunyo ishlarida barqarorlashtiruvchi rol o‘ynashini va boshqalarga qarshi qaratilmasligini, shuningdek, strategik xususiyatga ega ekanini, tashqi ta’sirga duchor bo‘lmasligini va hech kimga qarshi qaratilmasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin telefon orqali suhbatlashib, TikTokʼga qo‘yilgan taqiq va boshqa masalalarni muhokama qilgandi.
Live
Barchasi