Putin shu hafta ikkinchi safarbarlik to‘lqinini e’lon qilishi mumkin – ISW
Olam
−
18 yanvar 2023
10425Yaqin kunlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin safarbarlikning ikkinchi to‘lqinini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Urushni o‘rganish instituti (ISW) o‘zining tahliliy maqolasida ma’lum qildi.
Amerikalik tahlilchilarning fikricha, Putin o‘z murojaatida ramziy sanalardan foydalanishni yaxshi ko‘radi, shuning uchun 18 yanvar kuni Sovet qo‘shinlari Putinning ona shahri Leningradni fashistlar blokadasini buzganining 80 yilligi munosabati bilan Ukrainaga safarbarlik yoki urush e’lon qilishi mumkin.
“Ukraina va G‘arb razvedkasi ham Putinning yanvar oyi o‘rtalariga mo‘ljallangan safarbarlik faoliyati haqida bir necha bor ogohlantirgan”, deyiladi maqolada.
Bunga javoban Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumotlarning barchasi mish-mish ekanini, ularga quloq solmaslik kerakligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi Rossiya ikki millionlik armiya yaratishga harakat qilayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Ukraina razvedkasi Rossiya navbatdagi safarbarlik to‘lqinini e’lon qilishga faol tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi.
LiveBarchasi