Putin Sholsga Ukrainaga nega hujum qilganini tushuntirib berdi

Olam

image

Bugun, 1 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali muloqot qildi. Kreml Matbuot xizmatining qayd etishicha, suhbat nemis tomonining tashabbusi bilan o‘tkazilgan. 

Qayd etilishicha, suhbatda Ukraina atrofidagi vaziyatning turli jihatlari muhokama qilingan. 

Vladimir Putin yana bir bor Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazishdagi fundamental yondashuvlarini batafsil tushuntirgan.

G‘arb davlatlarining, jumladan Germaniyaning Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashiga e’tibor qaratilgan. Aytilishicha, bularning barchasi, shuningdek, Ukrainani har tomonlama siyosiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, Kiyevning har qanday muzokaralar g‘oyasini butunlay rad etishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu radikal ukrain millatchilarining tinch aholiga qarshi tobora ko‘proq qonli jinoyatlar sodir etishga undaydi. 

Rossiya Prezidenti nemis tomonini Ukraina voqealari kontekstida o‘z yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. 

Qayd etilishicha, Rossiya Qurolli kuchlari uzoq vaqt davomida Ukrainadagi ma’lum nishonlarga mo‘ljallangan raketa zarbalaridan o‘zini tiyib kelgan, biroq endilikda bunday choralar Kiyevning Rossiya fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, Qrim ko‘prigi va energetika ob’ektlariga qarshi provokatsion hujumlariga majburiy va muqarrar javob bo‘lgan.

Xuddi shu qatorda, Putinga ko‘ra,  “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlariga qarshi terrorchilik harakatlari Rossiya ixtisoslashgan tuzilmalari ishtirokida shaffof tekshiruv o‘tkazishni talab qiladi. 

Shuningdek, ular Qora dengiz portlaridan Ukraina g‘allasini eksport qilish va Rossiyadan oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportini to‘sib qo‘yish bo‘yicha 22 iyuldagi Istanbul “paket” kelishuvlarini amalga oshirish masalalariga ham to‘xtaldi. 

G‘alla shartnomasini har tomonlama vijdonan amalga oshirish zarurligi ham ta’kidlangan, bu esa Rossiya yetkazib berishdagi barcha to‘siqlarni olib tashlashni nazarda tutadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Olaf Shol'ts Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

924

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing