Putin ikki kunlik shifokor ko‘rigidan o‘tishini aytdi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin har yili keng qamrovli profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tishini, xususan bu safar 2 kunlik shifokor ko‘rigidan o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda u “Rossiya 1” telekanali efirida so‘z ochdi.

12 iyun kuni Rossiya rahbari Kremlda Davlat mukofotlarini topshirdi va marosimdan so‘ng laureatlardan biri, oftalmolog-jarroh Georgiy Stolyarenko bilan suhbatlashdi. Prezident bilan suhbatda, uning sog‘lig‘ini muhokama qilar ekan, shifokor “hatto eng yaxshi mashina ham texnik ko‘rikdan o‘tishi kerakligini” ta’kidladi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ikki kun vaqt ajratadi.

“Biz muntazam ravishda texnik ko‘rikdan o‘tamiz. Har yili bizda tekshiruv o‘tkaziladi, men bunga ikki kun bag‘ishlayman”, dedi Putin shifokorning gaplariga javoban.

Davlat rahbarining javobi aks etgan kadrlarni “Rossiya 1” jurnalisti Pavel Zarubin e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya rahbari Erdo‘g‘anning sog‘lig‘i yomonlashgtani haqida xabarlar tarqalgandi. Mamlakatning Aloqa boshqarmasi huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi Prezidentning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi da’volarni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin tibbiy ko'rik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing