Putin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 66 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan Rossiya rahbari Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, uni tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, tovar ayirboshlash sur’atini ta’minlash va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muhim loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qilgan.

Shuningdek, hududlararo darajadagi muloqot va almashinuvlarni samarali davom ettirish muhimligi ham qayd etilgan.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 1957 yilning 24 iyulida Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. 2003 yil 12 dekabrdan 2016 yil 13 dekabrgacha O‘zbekiston Bosh vaziri, 2016 yil 8 sentyabrdan 14 dekabrgacha O‘zbekistonning muvaqqat Prezidenti bo‘lgan. 2016 yil 4 dekabrdagi prezidentlik saylovi natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylangan. Joriy yilning 9 iyul kuni muddatidan oldin bo‘lib o‘tgan saylovda Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan 7 yil muddatga saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin tug'ilgan kun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing