Putin saratondan davolangani aytilmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika razvedkasi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aprel oyida saraton kasalligidan davolangani haqida hisobot tayyorladi. Bu haqda “Newsweek” jurnali hujjat mazmuni bilan tanish bo‘lgan uchta manbaga tayanib xabar bermoqda.

Hisobotda, shuningdek, mart oyida Rossiya Prezidentining hayotiga suiqasd qilingani aytiladi (bu haqda Ukraina razvedkasi ham xabar bergan).

“Newsweek” nashrining yozishicha, bu Oq uy uchun Vladimir Putinning sog‘lig‘i haqida tayyorlanayotgan to‘rtinchi hisobot (qaysi vaqt uchun ekanligi aniqlanmagan). Ikki hafta oldin tayyorlangan avvalgi hujjatda u (Vladimir Putin) “bedavo kasal” deb ta’riflagan. Yangi hisobotda, nashrning yozishicha, Putinning ahvolida ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan.

Ma’ruza mualliflari, Rossiya Prezidentining ommaviy chiqishlaridagi foto va video materiallarni tahlil qilishgan.

So‘nggi oylarda Vladimir Putinning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar va ehtimol saraton kasalligi borligi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. 2022 yil may oyida Putinning saraton kasalligiga chalingani, xususan, u bilan shaxsan ishlagan rejissyor Oliver Stoun tomonidan omma oldida tilga olingan edi. “Proyekt” nashrining yozishicha, Putinga safarlarda shifokorlar guruhi, jumladan, onkologik kasalliklar va qalqonsimon bez muammolari bo‘yicha mutaxassislar hamrohlik qilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov may oyi oxirida “aqli joyida bo‘lgan odamlar” Putinning “qandaydir kasallik yoki xastalik alomatlarini” ko‘ra olmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

847

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing